«raqobat qo‘mitasi» tegli maqolalar


Navoiy IES xaridorga ortiqcha olingan 4,5 mlrd so‘mni qaytarishga majbur bo‘ldi
11 fevral 2025, 19:27

Navoiy IES xaridorga ortiqcha olingan 4,5 mlrd so‘mni qaytarishga majbur bo‘ldi

Navoiy IES elektr narxini oshirib sotish orqali “Issiqlik manbai” DUKdan 4,5 mlrd so‘m ortiqcha foyda olgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining sudga da’vo arizasi qanoatlantirildi va mablag‘ xaridor foydasiga hal qilindi.

Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi
10 fevral 2025, 15:41

Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi va SSV Toshkentdagi Nazar Medical shifoxonasi bolalar terapevtik stomatologiyasi bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emasligini aniqladi. Qo‘mita klinikadagi tekshiruvni bir ayol va bolaga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatganidan so‘ng o‘tkazgan.

Payme onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi
30 yanvar 2025, 09:53

Payme onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Payme`ni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etdi. Bunga kompaniya tomonidan taqdim etilgan xabarnoma asos qilib olingan.

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi
29 yanvar 2025, 11:06

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq.

Andijondagi don korxonalariga manipulyatsiya harakatlari uchun jarima qo‘llandi
27 yanvar 2025, 10:47

Andijondagi don korxonalariga manipulyatsiya harakatlari uchun jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi
20 yanvar 2025, 12:59

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalangani uchun Ucell (COSCOM) kompaniyasini jarimaga tortdi.

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni shartnomalar tuzishdagi xavflardan ogohlantirdi
23 dekabr 2024, 15:09

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni shartnomalar tuzishdagi xavflardan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasiga yil boshidan buyon ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq 1700 ga yaqin murojaat kelib tushdi, 129 ta korxonaning shartnomalarida qator qoidabuzarliklar, jumladan, loyihalarni topshirish muddati belgilanmagani aniqlangan. Qo‘mita shartnoma shartlari bilan batafsil tanishib chiqishni so‘radi.

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia`ni ustun mavqega ega deb topdi
17 dekabr 2024, 11:14

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia`ni ustun mavqega ega deb topdi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia kompaniyalarini ustun mavqega ega deb topdi. Ikkita kompaniya mahalliy aviatashuvlar, bundan tashqari, Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashuvlari bozorining 40 foizdan ortig‘ini egallaydi.

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go xizmatini taksi narxlarini pasaytirish bo‘yicha ogohlantirdi
13 dekabr 2024, 10:57

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go xizmatini taksi narxlarini pasaytirish bo‘yicha ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go taksi xizmatlarining narxi dekabr oyining dastlabki 10 kunligida oshirilganini aniqladi. Qo‘mita kompaniyaga narxlarni pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish va narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi borasida ogohlantirish berdi.

Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlariga yo‘lovchilardan olingan asossiz to‘lovlarni qaytarish majburiyatini yukladi
11 dekabr 2024, 16:31

Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlariga yo‘lovchilardan olingan asossiz to‘lovlarni qaytarish majburiyatini yukladi

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan taksi xizmatlari sifati pastligi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarning qo‘pol muomalasi va narxlar asossiz oshirib yuborilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Qo‘mita qanday choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi
3 dekabr 2024, 12:21

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi

Tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi pasaytirildi.

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 30 ga yaqin sayt bloklandi
27 noyabr 2024, 11:28

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 30 ga yaqin sayt bloklandi

Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritdi. Shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklandi.

Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
25 noyabr 2024, 20:18

Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi Payariq Claster MJCH paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganini aniqladi. Oqibatda narxlar yuqori qo‘llanib, yog‘, shrot, sheluxa kabi mahsulotlarda 1,9 mlrd so‘mlik tavofut yuzaga kelgan. Korxona narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygani uchun jazolandi.

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi
21 noyabr 2024, 11:16

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi
21 noyabr 2024, 01:06

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi mamlakatdagi 878 ta dorixonada dori vositalarining narxi oshirilganini aniqladi. Joriy yilda 100 mingdan ortiq holatda xaridorlardan 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz olingan.

BSK shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi
15 noyabr 2024, 15:59

BSK shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalarning shartnomalarida iste’molchilarning huquqlarini cheklovchi shartlar aniqlandi. 2024-yilda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 380 ta murojaat kelib tushgan.

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatdi
7 noyabr 2024, 12:44

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorda cheklov (spred) joriy etdi.

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi
6 noyabr 2024, 12:03

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tuman hokimligi, Toshkent viloyatining ayrim sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazini davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyadan oldindan rozilik olmaganini aniqladi. Ularga tegishli ko‘rsatma berildi.

InfinBank kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergani uchun moliyaviy jarimaga tortildi
5 noyabr 2024, 12:09

InfinBank kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergani uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi “Invest Finans Bank” AJga kredit xizmati reklamasida qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlarni ko‘rsatmagani uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Avvalroq, Davr Bank ham shu kabi kamchilik uchun jarimaga tortilgandi.

Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi — Raqobat qo‘mitasi
30 oktabr 2024, 17:10

Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi onlayn do‘konlardan mijozlarga 100 mln so‘mga yaqin mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi va 9,3 mln so‘mlik tovarlar almashtirib berilishini ta’minladi. Qo‘mita ularning oferta shartlarini tahlil qilib, qonun buzilish holatlarini aniqladi, ularni qonunchilikka moslashtirilishini ta’minladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting